Ronaldu "Manchester Yunayted"dan kyetish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2022, 20:37
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlangach, jamoadan kyetishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, 36 yoshli portugaliyalik "qizil iblislar"ning joriy mavsumdagi natijalaridan va klubning ichki holatidan norozi. Qolaversa, Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga jamoaning amaldagi ustozi Ralf Rangnikning faoliyati yoqmayapti. Forvard allaqachon mavjud vaziyatni agenti Jorje Mendesh bilan muhokama qilgan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ga 2021 yilning avgustida qaytgan edi. Joriy mavsumda u 21 uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com