Ronaldinyo: “Braziliyaning og'ir mag'lubiyatidan g'amdaman”

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2014, 17:31
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinyo Braziliyaning Germaniyadan uchragan yirik mag'lubiyatiga baho berdi.
“Nemislar to'xtashmaydi va bizni hayron qoldirishda davom etishadi. Braziliyaning og'ir mag'lubiyatidan g'amdaman. Shanba kuni bo'lib o'tadigan uchinchi o'yin uchun uchrashuvda Braziliya bor kuchini ko'rsatishi kerak” - deydi Ronaldinyo o'z “tvitteri”da.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.ru