Roman Shirokov - Spartakka o'tdi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2014
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Roman Shirokov erkin agent sifatida Spartakka ko'chib o'tdi.
33 yoshli futbolchi Moskva klubi bilan shartnoma tuzdi. Uning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.

Oldinroq shartnoma 2+1 tizimida bo'lishi ma'lum qilingandi.

Ha, boshqa klublardan taklif bo'ldi. Ammo Spartakni tanladim.

Spartak bilan yarim yil oldin muzokara olib borayotgandik. Zenit rahbariyati qishda meni Spartakka qo'yib yubormagandi.

Endi esa bunga hech kim qarshilik qila olmaydi, – deydi Shirokov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru