Roberto Di Matteo: Derbidagi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz

2 mar 2015, 23:34
Shalke bosh murabbiyi Roberto Di Matteo Germaniya chempionatining 23-turidagi Borussiya D bilan bo'lib o'tgan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu o'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Avvalo ushbu mag'lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Biz hammasini boshqacha rejalashtirgandik. Ammo ushbu rejani amalga oshira olmadik. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Lekin keyinchalik o'yin tizginini raqibga berib qo'ydik. "Borussiya D" ushbu to'qnashuvda haqli g'alabaga erishdi.

Manba: sports.ru