Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"da taxlilchi-selekcioner sifatida ish boshladi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 11:08
Yoshlar futboli bo'yicha yurtimizning ko'zga ko'ringan mutaxassislaridan biri Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"da yana ish boshladi.

Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"da taxlilchi-selecioner murabbiy sifatida ishlaydi va asosiy jamoaning analitik ishlarini olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Rifat Akramxo'jaev boshchiligida "Lokomotiv"ning yoshlar jamoasi 2019 yili U-21 Birinchiligida chempionlikka erishgan bo'lsa, o'tgan mavsumda U-18 jamoasi o'z birinchiligida 3-o'rinni qo'lga kiritgandi.

Rifat Akramxo'jaev yilni "Surxon" bosh murabbiyi sifatida boshlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати