

Klub 20 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Xesening yillik daromadi esa 1 mln evroni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz, oldingi chiqqan xabarlarga ko'ra, “Real” futbolchining shartnomasida uning narxini 200 mln etib belgilagan. Shu sababli, endi Xeseni sotib olishni istagan klub, futbolchi uchun yuqoridagi narxni berishiga to'g'ri keladi.



