"Real Madrid" Fransiyadan 20 yoshli futbolchini sotib olmoqchi

Khoja
13 dek 2025, 09:22
"Real Madrid" "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jaketni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Madrid Universal nashrining xabar berishicha, klub 20 yoshli futbolchini kuzatish uchun bir necha bor skautlarni yuborgan.

Manbaga ko'ra, "Real Madrid" Jaketni sotib olish klubning yosh istedodlarni jalb qilish siyosatiga juda mos keladi deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Jaket Liga 1ning 15 ta o'yinida maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.


KhojaMuallif
Manba: skysport