"RB Leyptsig": "Biz Ukrainadagi voqealardan shokdamiz"

Alisher
24 fev 2022, 18:10
Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi Rossiya va Ukraina o'rtasidagi vaziyat haqida bayonot bilan chiqdi.

"Biz Ukrainada ro'y berayotgan ishlardan shokdamiz. Urushning har qanday shaklini qabul qilib bo'lmaydi! Kiev va Leyptsig - qardosh shaharlar. Bizda 2018 yili Luganskning "Zarya" jamoasiga qarshi o'yin uchun Ukrainaga borganimizda yaxshi xotiralar qolgan.

Mamlakatda hozirda ro'y berayotgan voqealardan juda ham hayratdamiz. Tinchlikka umid qilamiz", - deyiladi klub bayonotida.


AlisherMuallif
Manba: rbleipzig.com