Ravshan Ermatov FIFA seminarida ishtirok etish uchun Braziliyaga uchib ketdi

Narzulla Saydullayev
24 may 2013, 18:26
FIFA referisi Ravshan Ermatov FIFA seminarida ishtirok etish uchun bugun Braziliyaga uchib ketdi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi. 

26-31 may kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tadigan FIFA hakamlar seminarida 2014-yili Braziliyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati bahslarida ishtirok etishga nomzod bo'lgan jami 52 nafar referi ishtirok etadi. 

Ushbu seminarda ishtirok etuvchi hakamlar ro'yxati:

Osiyo (OFK): Ravshan Ermatov (O'zbekiston), Ali Hamad al-Badvaviy (BAA), Xalil Ibrohim al-Gamdiy (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fag'oniy (Eron),  Yuichi Nishimura (Yaponiya), Navaf Shukrulla (Bahrayn), Benjamin Uilyams (Avstraliya). 

Afrika (KAF): Nint Alium (Kamerun), Deniel Bennett (JAR), Badara Diatta (Senegal), Numandiez Desir Due (Kot d’Ivuar), Bakari Papa Gassama (Gambiya), Jamel Haymudi (Jazoir), Slim Jedidi (Tunis). 

Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi (KONKAKAF): Joel Antonio Agilar Chikas (Salvador), Roberto Garsia Orozko (Meksika), Mark Gayger (AQSH), Uolter Aleksandr Lopes Kastelyanos (Gvatemala), Xeyr Antonio Marrufo (AQSH), Roberto Moreno Salazar (Panama), Marko Antonio Rodriges Moreno (Meksika). 

Janubiy Amerika (KONMEBOL): Diego Ernan Abal (Argentina), Antonio Xaver Arias Alvarenga (Paragvay), Viktor Ugo Karrilo Kazanova (Peru), Raul Orosko Delgadilo (Boliviya), Enrike Roberto Osses Cencovich (Chili), Uilmar Aleksandr Roldan Peres (Kolumbiya), Sandro Rikki (Braziliya), Martin Emilio Vaskes Brokuetas (Urugvay), Xuan Ernesto Soto Arevalo (Venesuela), Karlos Alfredo Vera Rodriges (Ekvador).

Okeaniya (OFK): Norbert Xauata (Taiti), Piter O’Liri (Yangi Zelandiya). 

Yevropa (UEFA): Feliks Brix (Germaniya), Junayd Chaqir (Turkiya), Mark Klattenburg (Angliya), Yonas Eriksson (Shvetsiya), Viktor Kashshai (Vengriya), Pavel Kralovec (Chexiya), Born Kupers (Gollandiya), Stefen Lannua (Fransiya), Milorad Mazich (Serbiya), Sveyn Oddvar Moen (Norvegiya), Pedro Proensa (Portugaliya), Nikola Piccoli (Italiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya), Volfgang Shtark (Germaniya), Kreyg Tomson (Shotlandiya), Alberto Undiano Malenko (Ispaniya), Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya), Hovard Uebb (Angliya).
 
Ravshan Ermatov 2 iyun kuni Toshkentga qaytib keladi, deb yozadi O'FF rasmiy tvitteri. Eslatib o'tamiz, Ermatov 15-30 iyun kunlari Braziliya mezbonlik qiluvchi Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: