Ravshan Ermatov: "Biz hali birinchi sinfmiz"

Iskandarov Abdulaziz
24 iyun 2026, 11:08
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Portugaliyadan uchralgan yirik hisobli mag'lubiyatga izoh berdi.

O'FA rahbari terma jamoamiz hali rivojlanish bosqichida ekanligini ta'kidladi.

"Hisob 0:2 bo'lib turgan vaqtda golimiz inobatga olinganida edi... Biroz adolatsizlik bo'ldi, lekin bunga ham ko'namiz. Nima bo'lgan taqdirda ham, biz hozir rivojlanish bosqichidamiz. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bizga ozgina vaqt kerak, chunki hech narsa o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Birinchi sinf o'quvchisi to'qqizinchi sinf bolasi bilan raqobatlasha oladimi? Biz hozircha xuddi birinchi sinfdekmiz. Buni to'g'ri tushunishimiz lozim. Bu gaplar o'zini oqlash emas, balki vaziyatni real qabul qilishdir. Shunday kunlar keladiki, hali Portugaliya O'zbekistondan qo'rqib maydonga tushadigan bo'ladi. Agar rivojlanish yo'limizdan to'g'ri ketsak, bu kunlarga albatta erishamiz

Behruz Karimovning 18 yoshida bunday yuqori darajada o'yin ko'rsatayotganiga butun dunyo lol qolmoqda. Yangi O'zbekistonda esa buning imkoni bor. Ushbu ilk tajriba bizga nimalarning ustida ishlashimiz kerakligini va qaysi yo'ldan borishimiz lozimligini ko'rsatib bermoqda. Mazkur Jahon chempionati biz uchun juda muhim edi va u o'sishga erishishimiz yo'lida katta maktab vazifasini o'tayapti. Muhtaram Prezidentimiz va xalqimiz bilan bir tan-u bir jon bo'lib, kelajakda ulkan yutuqlarga albatta erishamiz",- deydi Ravshan Ermatov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Dilrabo Alimova