Rasmiy xabar: Tyago Silva - "Chelsi" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 15:53
"Chelsi" matbuot xizmati Tyago Silvaning transferini e'lon qildi.

Unga ko'ra, futbolchi klub bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekdi.

"Chelsi"ga o'tganimdan xursandman. Frenl Lempardning faoliyatini anchadan buyon kuzatib kelyapman va bundan zavq olaman. Shu boisdan ertami kechmi "Stemford Brij"da o'ynashni istayotgandim", - dedi Silva.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Silva "Chelsi"ga PSJdan erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseafc.com/en