Rasmiy xabar: Sanjar Quvvatov - “Neftchi"ga o'tdi!

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023, 17:48
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi.

Bugun tajribali  darvozabon Sanjar Quvvatov "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning darvoza dahlsizligini qo'riqlaydi

Ma'lumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy yilni O'zbekiston Superligasi g'olibi Toshkentning “Paxtakor" klubida o'tkazdi. Futbolchi  o'tgan mavsumda  jami 20 uchrashuvda 1800 daqiqa  harakat qilib, darvozasidan 19 ta gol olib chiqdi. Futbolchi faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Mashal" va "Nasaf" klublarida ham to'p surgan. Superligada jami 144 uchrashuvda maydonga chiqib  darvozasidan 121ta gol olib chiqqan.

Ahil jamoamiz va ko'p sonli muxlislarimiz nomidan Sanjar Quvvatovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deb yozadi "Neftchi" klubi matbuot xizmati


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Нефтчи ФК матбуот хизмати