Rasmiy xabar: "Paxtakor" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2025, 16:53
“Navbahor” qishki transfer “oynasi”dan samarali foydalangan holda, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.

Shunday o'yinchilardan biri, mahoratli hujumchi Po'latxo'ja Xoldorxonov jamoa tarkibiga qo'shildi. Mazkur futbolchi 2003 yil, 6 iyulda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida tug'ilgan.

Faoliyati davomida Toshkentning “Paxtakor” (2021, 2023-2024 yillar) va “Olimpik” (2022 yil) jamoalarida to'p tepgan.

Po'latxo'ja Xoldorxonov O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarda o'ynagan va O'zbekiston U-20 yoshlar jamoasi tarkibida 2023 yili Osiyo chempioni bo'lgan, shuningdek, O'zbekiston U-23 olimpiya terma jamoamizning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shgan.

Biz jamoamizning yangi futbolchisiga "Navbahor”da omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", - deb yozadi "Navbahor" matbuot xizmati.  



Eshitdik-da! "Navbahor" jamoasi "Paxtakor" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi         


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор” матбуот хизмати