Rasman: "Neftchi" G'iyosov, Po'latov va Sohibjonovni o'z safiga qo'shib oldi

Alisher Ostonov
27 dek 2025
Farg'onaning "Neftchi" klubi bugun ko'plab transferlarni e'lon qildi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni bunga qadar "Dinamo" sobiq o'yinchisi Ratinoni o'z safiga qo'shib olganini xabar qilgandi.

Endilikda klub o'z safini Xurshid G'iyosov, Izzatillo Po'latov va Farhod Sohibjonov bilan to'ldirib olganini ma'lum qildi.

G'iyosov bunga qadar OKMK (2022 yildan beri), Po'latov "Buxoro" (2023 yildan beri) va Sohibjonov "Andijon" (tarbiyalanuvchi) sharafini himoya qilib kelayotgandi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати