Rasmiy xabar: Islom Isoqjonov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2020
"Metallurg" klubi yarim himoyachisi Islom Isoqjonov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

Futbolchi Namanganning "Navbahor" klubi bilan shartnoma tuzdi.  Bu haqda "lochinlar" matbuot xizmati ma'lum qildi. 

2019 yilgi mavsumda Isoqjonov Superligada 24ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.

Oldinroq "Navbahor" "Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov bilan shartnoma tuzgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia