Rasman: Igor Sergeev "Al Dafra"ga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2018
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev BAAning "Al Dafra" klubiga ko'chib o'tdi.


Igor Sergeev "Al Dafra" safida 10-raqamda o'ynaydi. 


Futbolchining o'zi saytimiz bilan aloqaga chiqib klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzishini ma'lum qilgandi. 


"BAA klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdim, sababi "Paxtakor" bilan shartnomam yakuniga etgan edi. Bundan tashqari bu klub bilan 2020 yil oxirigacha emas 2018 yilning yoziga qadar, yani olti oylik shartnoma tuzdim". Igor Sergeev (s)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia