Rasman: Fernandino "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
29 iyun 2021, 14:54
"Manchester Siti" rasmiy saytida yarim himoyachi Fernandino bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

36 yoshli braziliyalik futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma yana bir mavsumga mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Fernandino jamoaga 2013 yilda Doneckning "Shaxtyor" klubidan kelgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManCity