Rasman: APL debyutanti navbatdagi transferga qo'l urdi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022
“Shtutgart” tayanch yarim himoyachisi Orel Mangalya “Nottingem Forest” a'zosiga aylandi.

24 yoshli xavbekning transferi 13 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda. Shartnoma necha yilga tuzilgani borasida aniq ma'lumot berilmagan.

Oldinroq APL debyutanti MYUni erkin agent maqomida tark etgan Jessi Lingardni o'z safiga qo'shib olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk