Rashidov "Paxtakor"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
17 okt 2018, 20:57
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Rashidov jarohatidan forig' bo'lmagan ko'rinadi.

Oldinroq "Lokomotiv" matbuot xizmati o'z telegram kanalida Sardor Rashidovning shunchaki yugurayotgan rasmini chop etgandi.

Futbolchi Superliga doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsda jarohat olganidan keyin o'yinlarda qatnashganicha yo'q. Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, u jarohatini qaytalab olgan va shu boisdan ham derbida o'ynamaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia