Rakitich: "Messiga o'xshash uchun Neymarda hamma narsa bor"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2015, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoa hujumchisi Neymar nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Messi - jahondagi eng zo'ri va bu haqda hamma biladi. "Oltin to'p"ni boshqa futbolchi qo'lga kiritishi mumkin, ammo Messi ajoyib o'yinchi. U kabi futbolchi boshqa bo'lmaydi. Leoga o'xshash uchun Neymarda hamma narsa bor. U yosh va jamoa uchun juda muhim. Neymar yaqin yillar ichida yanada yaxshi o'yin ko'rsatadi" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com