Rafinya - 2024 yil boshidan buyon YCHLning eng samarali o'yinchisi

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025, 13:33
"Barselona" vingeri Rafinya 2024 yil boshidan buyon UEFA Chempionlar Ligasining eng samarali futbolchisi hisoblanadi.

Rafinya 2024 yil avvalidan buyon YCHLda gol+pas tizimida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi – 13 o'yinda 12+5.

"Barselona" vingeri Rafinya 1/8 final bosqichi birinchi bellashuvida "Benfika" (1:0) darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, braziliyalik 2024 yil avvalidan buyon 13 o'yinda 17-samarali harakatini (12+5) amalga oshirdi – bu oraliqda unga teng keladigan boshqa birorta futbolchi yo'q.

Avvalroq, Rafinya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergandik. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia