

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, yarim himoyachi "Qayrat" klubiga 2022 yil oxirigacha ijaraga berildi. Qozog'iston klubida Jaloliddinovni to'liq sotib olish huquqi ham bo'ladi.
Ma'lumot uchun, "Qayrat"ni ayni paytda "Rubin"dagi faoliyati orqali ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan, tajribali murabbiy Qurbon Berdiev boshqarib bormoqda. E'tiborlisi shaxsan bosh murabbiyning o'zi Jasurga qo'ng'iroq qilgan va uni jamoada ko'rishni xohlashini ma'lum qilgan.
"Qayrat" Qozog'iston kubogi sohibi sifatida shu yilning iyul oyidan Yevropa Konferenciya ligasi ikkinchi bosqichida ishtirokini boshlaydi.
"Qayrat" oldiga tarkibni yoshartirish va evrokuboklarda munosib ishtirok etish vazifasi qo'yilgan.



