"Qo'qon-1912" hujumchisi Pro liganing eng yaxshi to'purari va assistentiga aylandi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023, 18:09
Bugun Pro liganing so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda "Qo'qon-1912" "G'ijduvon"ni yirik 8:1 hisobida taslim etdi. Ushbu bahsda qo'qonliklar hujumchisi Anvarjon Hojimirzaev 2 tadan gol va uzatmani amalga oshirdi. 

Shu tariqa, Anvarjon Hojimirzaev Pro ligadagi gollar sonini 16 taga etkazdi va Pro liga to'purariga aylandi. Shuningdek, hujumchi ushbu mavsum sheriklarining 6 ta goliga assistni ham qayd etib, bu borada liga yetakchisi bo'ldi.

Pro liga to'purarlari

1. Anvarjon Hojimirzaev ("Qo'qon-1912") – 16 ta gol

2. Kojo Joel "(Dinamo")  – 11 ta

3. Sergey Petrov ("Mashal") – 10 ta

4. Muhriddin Zoirov ("Sho'rtan") – 9 ta

5. Rustam Soirov ("Lokomotiv") – 8 ta

Pro liga assistentlari

1. Anvarjon Hojimirzaev ("Qo'qon-1912") – 6 ta

2. Dilshod Rahmatullaev ("Dinamo") – 5 ta

3. Oleg Zoteev, Maruf Jumaev, Ivan Solovyov (barchasi – "Lokomotiv") – 4 ta


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia