Nuri Shahin: "Beshiktosh"ga qarshi o'yinda Shomurodovga katta ishonch bildiramiz"

Оқил Абдубарноев
24 okt 2026, 18:18
"Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shahin Turkiya Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Beshiktosh"ga qarshi uchrashuv oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

Turkiyaning Fotomaç nashri xabar berishicha, mutaxassis o'zbekistonlik futbolchining joriy mavsumdagi o'yinlaridan mamnun ekanini takidlagan.

"Shomurodov bu mavsumda juda yaxshi sport formasida va jamoamizga katta foyda keltirmoqda. "Beshiktosh"ga qarshi o'yinda ham o'zbekistonlik yulduzimizga katta ishonch bildiramiz", – dedi Shahin.

Shuningdek, murabbiy bo'lajak uchrashuvning murakkabligiga ham to'xtalib o'tdi.

"Bizni eng qiyin safar o'yinlaridan biri va juda kuchli raqibga qarshi bahs kutmoqda. Raqib stadionida g'alaba qozonishni istasak, juda jasoratli harakat qilishimiz kerak", – dedi mutaxassis.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsum Turkiya chempionatida 8 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bashakshehir"ning chempionatda kiritgan 12 ta golidan 7 tasi o'zbekistonlik hujumchi hissasiga to'g'ri kelmoqda.

31 yoshli futbolchi ayni paytda jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. U Superliga to'purarlari poygasida 8 ta gol urgan Muhammad Salohdan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum Turkiya chempionatining 34 ta o'yinida 22 ta gol urib, "Trabzonspor" hujumchisi Pol Onuachu bilan birgalikda musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lgan.

"Beshiktosh" – "Bashakshehir" uchrashuvi 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Fotomaç