PSJdagilar Messi bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlashdi

Mirjalol Normatov
5 fev 2023, 18:50
PSJ sport direktori Luish Kampush hujumchi Leo Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qildi.

"Yangi shartnomani muhokama qilyapmiz. U bizning loyihamizda ko'proq vaqt bo'lishini, biz bilan hamkorlik qilishini istayman. Agarda u shartnomani uzaytiradigan bo'lsa, bundan juda xursand bo'lardim", - dedi mutaxassis.

Argentinalikning PSJ bilan shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi. 35 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 18 o'yinda 10tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal