

Yozilishicha, argentinalik mutaxassisga "Tottenxem" forvardi Dele Alli kerak bo'lmoqda. "Shporlar" tarkibida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan, Joze Mourinyoning rejalariga kirmayotgan Alli ham jamoadan ketmoqchi.
Gap futbolchining ijarasi haqida ketmoqda. PSJ Allini ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. "Tottenxem" ham bu g'oyani qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda.



