PSJ ikki futbolchisini sotishga umid qilmoqda

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023
Parijliklar qishda Ugo Ekitike va Leven Kurzavani qo'yib yubormoqchi.

Fransiyaning PSJ klubi qishda ikki futbolchisini qo'yib yuborishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda "Le Parisien".

Yanvar oyida parijliklar hujumchi Ugo Ekitike va chap qanot himoyachisi Leven Kurzavani sotmoqchi.

21 yoshli Ekitike joriy mavsum 1 ta o'yin o'tkazdi, 31 yoshli Kurzava ham xuddi shunday statistikaga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien