PSJ hujumchisi Turkiyaga yo'l olishi mumkin

1 avg 2019, 09:30
Erik-Maksim Shupo-Motingga turk klubidan taklif tushdi.

PSJ hujumchisi uchun “Fenerbahche” 2,5 mln evro taklif qilgan. 30 yoshli kamerunlik futbolchi borasida tez orada qaror qabul qilinadi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsum “Strasburg”ga qarshi o'yindagi “qoyilmaqom” harakati bilan muxlislar yodida qoldi. U bo'sh turgan darvozaga to'pni kirita olmagandi.


Manba: Ajansspor