PSJ himoyachisi jiddiy jarohat oldi va bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2023, 11:21
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe chempionatning 25-turi doirasidagi "Marsel"ga qarshi bahsda (3:0) jiddiy jarohat oldi.

Parijliklar ustozi Kristof Galte futbolchi tovonida qattiq og'riq his qilayotgani va bu mavsum boshqa maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. Keyinroq klub futbolchida tovon paylari uzilganini xabar qildi.

Eslatib o'tamiz, Kimpembe xuddi shunday jarohati sabab noyabr oyidan buyon jamoaga yordam bera olmayotgan va yaqinda safga qaytgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fff.fr