PSJ Gruneveldni "Vilyarreal"dan xarid qilishi mumkin

Alisher
14 may 2022
"Vilyarreal" forvardi Arno Danjuma Gruneveld faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli niderlandiyalik uchun PSJ davogarlik qilmoqda. Parijliklar yozda klubdan kyetishi mumkin bo'lgan forvard Kilian Mbappega o'rinbosar izlashmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, PSJ Darvin Nunesni "Benfika"dan xarid qilishi mumkin.

Gruneveld joriy mavsum 34ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 50 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes