PSJ "Ayntraxt" himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2024
Parijliklar Vilyan Pachoni transfer qilish imkoniyatlarini o'rganishmoqda.

Fransiyaning PSJ klubi Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasi himoyachisi Vilyan Pachoni sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda "Sky Sport muxbiri Florian Plettenberg.

Xabarlarga ko'ra, muzokaralar allaqachon boshlangan. Uning Frankfurtning "Ayntraxt" klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Pacho o'tgan mavsum "Ayntraxt" libosida 42 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport