PSJ "Atletiko" futbolchisini olish uchun Kurzavadan voz kechishga tayyor

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 16:18
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis yozgi transfer oynasida PSJga o'tishi mumkin.

33 yoshli futbolchi Diego Simeone qo'l ostida o'ynashni istamayapti va "matraschilar" safini tark etishga qaror qildi. "Atletiko" Luis bilan xayrlashishga tayyor, ammo uni arzonga berib yubormoqchi emas.

Ayni damda madridliklar PSJdan taklif kutishmoqda, biroq ushbu transfer pulsiz amalga oshishi mumkin. Parijliklar Luis o'rniga Leyvin Kurzavani bermoqchi. PSJ ustozi Tomas Tuxel klub rahbariyatiga fransiyalikka ishonch bildirmayotganini ma'lum qilgan.

Oldinroq, "Atletiko" Filipe Luis o'rniga "Chelsi"dan Markos Alonsoni xarid qilmoqchiligi xabar berilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca