

Turning ilk bahsi Surxondaryoda bo'lib o'tadi. Unda "TerDU" jamoasi "Sho'rtan"ni mehmon qiladi. Uchrashuv soat 17:00 da start oladi.
5 ta tur yakuniga ko'ra "TerDU" musobaqa jadvalida 1 ochko bilan 12-o'rinda ketmoqda. "Sho'rtan" hisobida 11 ochko bor va Asror Aliqulov jamoasi turnir jadvalining 3-pog'onasidan joy olgan.
Proliga
6-tur
29 aprel
“TerDU” – “Sho'rtan”
Termiz. “Surxon Arena” zaxira maydoni. 17:00
Bosh hakam: Rinat Serazitdinov
Yordamchi hakamlar: Behruz Berdibekov, Sultonmurod Hojiev
Nazoratchi: Qahramon Yo'ldoshev
Komissar: Fazliddin Hasanov



