Pioli Benzemaning murabbiyiga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
21 iyun 2024, 00:42
2023/2024 yilgi mavsumda "Milan" A Seriyada ikkinchi o'rinni egallab, keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan bo'lsa-da, Stefano Pioli bosh murabbiy lavozimini tark etdi.

Pioli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Taniqli insayder Fabricio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Al Ittihod" Pioli nomzodini o'rganib chiqmoqda. 

Manbaga ko'ra, “Al Ittihod” uch nafar mutaxassis nomzodini muhokama qilmoqda, Pioli esa qisqa ro'yxatdan o'rin olgan. Ushbu ro'yxatda yana qaysi murabbiylar borligi ma'lum qilinmagan. 

Eslatib o'tamiz, “Al Ittihod” safida Karim Benzema va boshqa mashhur futbolchilar to'p tepadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano