Pellegrini tez orada La Liga klubida ish boshlaydi

Alisher
4 iyul 2020, 16:48
"Betis" jamoaga yangi bosh murabbiy olib kelmoqda.

Manuel Pellegrini "Betis" bilan shartnoma imzolashga yaqin. Mavsum so'nggiga qadar jamoani Aleksis Truxilo boshqaradi.

Yangi mavsumdan esa jamoani 66 yoshli chililik murabbiyi Manuel Pellegrini qo'lga oladi. Bitim ikki yilga mo'ljallanadi.

Mutaxassis bundan oldin "Real", "Malaga", "Vilyarreal" va "Manchester Siti" klublarida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi "Vest Xem" bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo