

Ozarbayjon Superligasi ishtirokchisiga qarshi uchrashuvda tashabbusga erishgan "sherlar" yirik natija bilan g'alaba qozonishdi. Ahmedov to'pni raqibdan olib qo'ygach, darvozani ishg'ol qilgan bo'lsa, Simich Kanyukning jarimadan oshirgan to'pini darvozaga aniq yo'naltirdi. Mehmonlar birinchi bo'limda bunga bir gol bilan javob berishdi.
Tanaffusdan so'ng to'p yana raqibdan olib qo'yilgach, bu safar O'rinboev zafar quchdi. Iskanderov esa maydon markazi atrofidan belgilangan jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi.
O'rtoqlik uchrashuvi
"Paxtakor" - "Sabail" - 4:1 (2:1)
Gollar: A.Ahmedov, M.Simich, Z.O'rinboev, J.Iskandarov
"Paxtakor": Lobanov, Alijonov, Tojiev, Simich (Ermamatov), Yusupov, Nurullaev, Ahmedov (Sadillaev), Bezerra (Ismatullaev), Kanyuk (Iskanderov), Karimov (Ibrohimov), O'rinboev.



