"Paxtakor" o'rtoqlik uchrashuvida Ukraina klubi bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2024, 01:17
Turkiyadagi yig'inda "Paxtakor" Ukrainaning "Oleksandriya" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim boshida Kalitvincev hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim so'ngida burchakdan uzatilgan to'pni Ergashboev raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. 

"Sherlar"ning navbatdagi uchrashuvi 30 yanvar kuni "Dinamo Kiev"ga qarshi o'tkaziladi.

"PAXTAKOR" - "OLEKSANDRIYA" (UKRAINA) - 1:1

Gollar: Ergashboev 86 - Kalitvincev 7.

"Paxtakor": Pavlyuchenko, Ortiqboev, Pazildinov, Saitov, Adhamzoda, Ibraimov, Hamdamov, Abdumannopov, Saidnurullaev, Sobirxo'jaev, Cheran.

Zaxira: Shevchenko, Murkaev, Todorov, Abdullaev, Anvarov, Poyonov, Imomov, Habibullaev, Rahmatullaev, Usmonov, Ergashboev, Turdimurodov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати