

Bahsda "Paxtakor" klubi o'zining oliy liga tarixidagi 600-golini o'tkazib yubordi. 69-daqiqada "burgutlar" hujumchisi Nemanya Yovanovichning urgan goli "sherlar" uchun 600-o'tkazilgan gol bo'lib tarixga kirdi.
"Paxtakor" kecha 711-uchrashuvda maydonga tushdi va 490-g'alabasiga erishdi. Urilgan gollari 1631taga etdi. "Andijon"da bu raqamlar quyidagicha: 659 o'yin, 310 mag'lubiyat, 923ta gol urilgan va 1094ta o'tkazilgan.



