"Paxtakor" klubi bolalar kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2019
1 iyun - xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

Ushbu bayram munosabati bilan "Paxtakor" klubi "Jar"ning ikkinchi maydonida bolalar uchun bayram tashkillashtirib berdi. Tadbirda klub xodimlari farzandlari, akademiya tarbiyalanuvchilari va imkoniyati cheklangan hamda davolanayotgan bolajonlar ishtirok etmoqda. Toshkent klubi bayram munosabati bilan kichik mehmonlarga turli o'yinlar o'tkazadi, sahna ko'rinishlari va koncert dasturini namoyish etadi. Kechga yaqin esa bolalar ishtirokida kichik futbol turniri o'tkaziladi.







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz