Paulu Bentuning ish uslubi koreyalik futbolchilarga yoqyapti

Xayrulla Xoliqov
6 sen 2018, 15:36
JCH-2018dan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi.

Hozirda bu jamoani portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu boshqarmoqda. Koreyaliklar yetakchisi Son Xyong Minning aytishicha, yangi murabbiyning ish uslubi futbolchilarga maqul kelyapti.

- "Biz yangi murabbiy qo'l ostida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishni boshladik. Biz - futbolchilarga Palu Bentuning ish uslubi yoqyapti. Uning mashg'ulot o'tkazish jarayoni ajoyib. Bentu mashg'ulot paytida hatto mayda narsalarni ham e'tibordan qochirmaydi", - deydi Son Xyong Min.

"Tottenxem" yarim himoyachisi Osiyo o'yinlaridagi g'oliblikdan so'ng milliy terma jamoa safiga borib qo'shildi. U ham boshqa futbolchilar qatori Janubiy Koreya termasining Kosta-Rika va Chili bilan bo'ladigan o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ertaga Paulu Bentuning koreyaliklar bosh murabbiyi sifatida debyuti bo'lib o'tadi.

- "Biz bir jamoa bo'lib Bentuning debyuti yaxshi chiqishi uchun bor kuchni ishga solamiz, - deya aytib o'tdi Son Xyong Min. - Eng muhimi esa Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Osiyo chempioni bo'lishga qodirmiz, chunki bizda ajoyib tarkib bor".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com