

“Yuventus”ni tark etish borasidaga qarorga kelish oson bo'lgani yo'q. O'zim ham bunday qarorni qabul qilishimni kutmaganman.
Evro-2016 musobaqasidan keyin yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutganman. Ammo mavsum boshlangach, ketma-ket birinchi, ikkinchi, uchinchi uchrashuvda ham maydonga tushirilmadim.
Oradan biroz vaqt o'tib, bu haqda Allegridan so'raganimda, u meni albatta maydonga tushirishini aytdi. Ammo oyda bir marta rasmiy uchrashuvda maydonga chiqish men uchun juda kam imkoniyat degani. Shu sabab mashg'ulotlarda yarim kuch bilan shug'ullanib, vijdonimga xilof ish tutishni maqul ko'rmadim.
“Yuventus” menga ko'p narsa berdi va men bu klubni hurmat qilman. Jamoa rahbariyati ham meni to'g'ri tushundi va boshqa jamoaga o'tishimga qarshilik qilishmadi”, deydi Evra.



