Pato: "Milan"ga qaytish? Yo'q demasdim"

Mirjalol Normatov
6 apr 2020, 20:13
"San Paulo" hujumchisi Aleshandre Pato kelajakda Yevropa futboliga qaytishni istamoqda.

"Yevropaga qaytishni istayman, yana bir bor "Milan"da o'ynashga yo'q demasdim. Libertadores Kubogini yutib, keyinchalik u erga qaytishga roziman.

So'nggi bir necha yillarda "Milan"ni bunday holatda ko'rish, men uchun ham og'ir. Biroq klub harakat qilyapti, fanatlar ham ishonishlari kerak", - dedi Pato.

"Klub Maldiniga ishlash imkoniyatini berish kerak. U klubni o'z yuragi kabi asraydi va nima qilish kerakligini biladi. Shuningdek, klub Ibragimovichni saqlab qolishi kerak. U yosh futbolchilarni tarbiyalay oladi va raqib darvozasi oldida havfli vaziyatlar yaratishni yaxshi ko'radi", - deb qo'shimcha qiladi u.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal