Pato A Ceriyaga qaytmaydigan bo'ldi

Erkin agent maqomida bo'lgan Aleshandre Pato Braziliyaga qaytishi kutilmoqda.

Futbolchi yaqindaginda Xitoyning “Tyanczin Cyuanczyan” klubi bilan shartnomani bekor qilgandi. Orada uning A Seriyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Biroq Pato Italiyaga emas, balki Braziliyaga qaytadigan bo'ldi. 29 yoshli o'yinchi o'zi 2014-2015 yillar davomida to'p surgan “San-Paulu”ga qaytishi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Pato o'tgan mavsum Xitoy Superligasining 23ta uchrashuvida ishtirok etib, o'z hisobiga 15ta gol va 3 ta golli pas yozdirib qo'ygan edi. “Tyanczin Cyuanczyan” chempionatni 9-o'rinda yakunladi.


Manba: ESPN