O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga uchib ketdi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2023
Bu haqda "Championat.asia" sayti jurnalisti Tolibjon Qosimov ma'lum qildi.

Takidlanishicha, O'zbekiston U-23 termasi Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Toshkent vaqti bilan 12:40 da Xitoyga uchib ketgan.

"Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilar Toshkent - Sian - Xanchjou yo'nalishida manzilga yetib borishadi. Futbolchilarni uzoq parvoz kutmoqda", – deb yozadi Qosimov.

Kapadze Osiyo o'yinlari uchun quyidagi tarkibni tanladi:

Darvozabonlar: Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik"), Vladimir Nazarov ("Neftchi"), Otabek Boymurodov ("Paxtakor").

Himoyachilar: Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Mahmudjon Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), IbrohimHalil Yo'ldoshev ("Pari NN", Rossiya), Shohjahon Sultonmurodov ("Surxon"), Eldor Begimov ("Olimpik"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov ("Olimpik"), Abdurauf Bo'riev ("Olimpik"), Jasurbek Jaloliddinov ("Olimpik"), Behzod Shamsiev ("Surxon"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Sherzod Esanov ("Olimpik").

Hujumchilar: Alisher Odilov ("Olimpik"), Husayn Norchaev ("Alaniya", Rossiya), Ulug'bek Hoshimov ("Neftchi"), Ruslanbek Jiyanov ("Pari NN", Rossiya), Otabek Jo'raqo'ziev ("Olimpik").

Ma'lumot uchun, O'zbekistoni olimpiya termasi Osiyo o'yinlari "C" guruhida Suriya, Gonkong va Afg'oniston bilan kurash olib boradi. 

Taqvim

1-tur: O'zbekiston – Afg'oniston (20 sentyabr, “Shangcheng Stedium”, soat 13:00)

2-tur: O'zbekiston – Gonkong (22 sentyabr, “Shangcheng Stedium” 16:30)

3-tur: O'zbekiston – Suriya (25 sentyabr, “Shangcheng Stedium”, 13:00)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia