O'zbekiston U-21da ikki murabbiy. Aslida vaziyat qanday edi?

Narzulla Saydullayev
9 sen 2018
O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada g'olib bo'lganidan xabaringiz bor albatta.

Biroz oldin saytimizda "Sirli o'zbek futboli. O'zbekiston U-21 Xitoyga bir murabbiy bilan kyetib, boshqa murabbiy bilan qaytmoqda" nomli maqola chiqqandi.

Ushbu vaziyatga O'FA matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

"Xitoydagi xalqaro musobaqaga O'zbekiston U-21 terma jamoasini ikki murabbiy olib ketdi. Hozirgi kunda ushbu jamoada bosh murabbiy yo'q. Dilshod Nuraliev ketgach hozircha bosh murabbiy lavozimi bo'sh turibdi. Shu bois O'FA bu jamoani ikki murabbiy boshchiligida Xitoyga yubordi. Yani Saidov va Abdurasulov tandem sifatida ishlashdi. Bu narsa Shvetsiya va Islandiya kabi terma jamoalarda ko'p yillar davomida qo'llanilib kelinganidan xabaringiz bor. Xitoydagi musobaqaning dastlabki ikki uchrashuvida o'yin qaydnomasiga Abdurasulov bosh murabbiy sifatida yozildi, oxirgi bahsda esa Saidov. O'FA ikkala murabbiyga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berdi. Xitoydan qaytib kelingach ushbu jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi", - deydi O'FA matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia