

Ushbu bosqichda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy vakilalariga qarshi maydonga tushib, alamli mag'lubiyatga uchradi.
Patxumtxani shahridagi "Tammasat" stadionida kechgan murosasiz uchrashuv 2:1 hisobida xitoyliklar foydasiga hal bo'ldi. O'yinning 29-daqiqasida Zeng Yujia hisobni ochgan bo'lsa, 42-daqiqada YU Jiaqi jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Vakilalarimiz safida yagona javob to'pini 69-daqiqada Egamberdieva o'z nomiga yozdirib qo'ydi.
Xitoy 2:1 O'zbekiston
Gollar: Zeng Yujia (29'), YU Jiaqi (42') – Egamberdieva (69').
Ushbu natijadan so'ng Vladimir Panov shogirdlari turnirdagi ishtirokini yakunladi va 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Xitoy esa 15 aprel kuni bo'lib o'tadigan yarim finalda Vetnamni 4:0 hisobida taslim etgan Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



