O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga Portugaliya klubi qiziqmoqda

Iskandarov Abdulaziz
3 dek 2025, 08:55
Yaqinda U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi a'zolaridan biriga xorij klubidan chorlov bor.

Gap o'ng qanot vingeri Sayfiddin Sodiqov haqida ketmoqda. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, o'zbekistonlik futbolchiga Portugaliyaning "Braga" klubi qiziqib qolgan. U ayni vaqtda ko'rikdan o'tish uchun vizani kutyapti. Hujjatlar bilan bog'liq masala hal etilgach, Sodiqov "Braga"ga ko'rikka yo'l oladi. 

Ma'lumot uchun, Sayfiddin Sodiqov mundialda Panama darvozasini ishg'ol qilgan edi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia