O'zbekiston MTJ Moskvada Rossiya bilan o'ynaydimi?

Sherzod Nurmatov
16 fev 2023
Bu savolga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov javob berdi.

"Biz hali RFI bilan O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini masalasini muhokama qilganimiz yo'q. Oxirgi o'rtoqlik o'yinimiz menga yoqdi, shuning uchun biz bu mavzuga qaytamiz va o'ylaymanki, kelajakda o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

O'yinni Rossiyada o'tkazish biz uchun muammo emas. Boz ustiga, Toshkentda Rossiya terma jamoasini qabul qildik, endi navbat RFIda. Biz joy haqida kelishib olishimiz kerak. Agar bu Moskva bo'lsa, O'zbekiston terma jamoasining Rossiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini uchun u erga borishida muammo bo'lmaydi", – dedi Ahmedov rossiyalik jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilning noyabr oyida O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasida Toshkentda o'tgan nazorat bahsida 0:0 hisobi qayd etilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24.ru