O'zbekiston Kubogi. Finalda jamoalar qaysi rangdagi liboslarda to'p tepishadi?

Aslanov Jasurbek
11 noya 2023, 23:32
Ertaga, 12 noyabr kuni "Nasaf" hamda OKMK jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi final bahsi bo'lib o'tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.


Jamoalar bugun miting o'tkazib, qaysi rangli liboslarda to'p tepishlarini aniqlab olishdi.

Shunday qilib, "Nasaf" ko'k, OKMK esa oq-kul rangli liboslarda to'p tepishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/fcokmk