O'zbekiston ayollar terma jamoasi futbolchisi Nilufar Qudratova golini kimga bag'ishladi?
Iskandarov Abdulaziz
14 iyul 2022, 20:58
Midori Xonda boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi ayni paytda Tojikistonda o'tayotgan CAFA CUP musobaqasida qatnashmoqda.
Vakillarimiz dastlabki uchrashuvni mezbon Tojikiston ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazdi (6:0). Uchrashuvda xet-trik qayd etgan qarshilik hujumchi Nilufar Qudratova gollaridan birini yaqinda 91 yoshda vafot etgan buvisiga bag'ishladi.